Janubiy Osetiya huquq-tartibot vakillari O‘zbekistonning ikki nafar fuqarosidan nosvoy musodara qildi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
“Janubiy Osetiya IIV narkotiklar aylanmasi ustidan nazorat boshqarmasi xodimlari O‘zbekistonning ikki fuqarosi vaqtincha yashab turgan manzilda nosvoy saqlanayotganini aniqladi va musodara qildi. Ikki sellofan paketdagi man etilgan mahsulot Sxinvaldagi xonadonning muzlatgichidan topildi”, — deya ma’lum qildi respublika IIV matbuot xizmati.
Paketlardagi nosvoyning jami og‘irligi 99,8 grammni tashkil etdi. Ularni saqlagani uchun huquqbuzarlarning har biri 30 ming rubldan jarimaga tortiladi.
Izoh (0)