Afg‘onistonning Faryob viloyatidagi harbiy bazada “Tolibon” harakati jangarilari va hukumat kuchlari o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi, deb yozadi “Kommersant”. Oqibatda 17 harbiy halok bo‘ldi, 25 nafari jabrlandi.
Toliblar Afg‘oniston milliy armiyasining Faryobdagi bazasiga hujum qilgan va bir nechta tayanch punktlarni egallab olgan. Jangarilar bazani 11-avgustdan buyon qamal qilmoqda, ammo hukumat harbiylarga hech qanday ko‘mak ko‘rsatmagan.
Parlamentning Faryob viloyatidan a’zosi Bashir Ahmad Tayanj xavfsizlik xizmatini harakatsizlikda aybladi.
Izoh (0)