Qozog‘istonning Turkiston viloyati, Qozigurt tumanidan o‘tuvchi “Olmato—Toshkent—Termiz” avtomobil yo‘lining 786 kilometrida 12-avgust kuni taxminan soat 17:30da Daimler Chrysler mikroavtobusi va “GAZ-53” yuk avtomobili to‘qnashdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
YTH oqibatida bir nafar o‘zbekistonlik voqea joyida halok bo‘ldi, 10 kishi turli darajada tan jarohati olib, Sariog‘och tumani kasalxonasiga yotqizildi.
Halok bo‘lgan fuqaro:
Mirmusayev S. 1956 y.t.
Tan jarohati olgan fuqarolar:
Urmanova S. 1960 y.t.
Zaripova S. 1965 y.t.
Yuldashev J. 1977 y.t.
Yuldasheva D. 1982 y.t.
Kuralbayev S. 1984 y.t.
Nosirova N. 1986 y.t.
Jiyenbayeva M. 1986 y.t.
Fayzullayev I. 2003 y.t.
Farxatov M. 2007 y.t.
Farxatov A. 2013 y.t.
O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Tezkor raqamlari”: (+998 71) 147-10-50.
O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonasi: (+7 727) 291-06-44.
Izoh (0)