Butun dunyo bo‘ylab 100 ming donadan ortiq nol yevro qiymatli suvenir kupyuralar sotildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Germaniyaning Trir shahrida turizm sohasidagi marketing bilan shug‘ullanuvchi kompaniya mart oyida Germaniyalik faylasuv Karl Marks tavalludining 200 yilligi munosabati bilan uning tasviri tushirilgan suvenir kupyuralarni chiqargan edi.
Ko‘rinishidan haqiqiy banknotalardan ajratish qiyin bo‘lgan suvenir kupyuralari dunyoning 40 dan ortiq mamlakatiga yuborilgan, u ayniqsa Xitoyda ommalashib ketgan.
Izoh (0)