“Vzglyad” dasturining sobiq boshlovchisi Aleksandr Politkovskiy o‘z hamkasbi Dmitriy Zaxarovning teleboshlovchi Vladislav Listyevning o‘ldirib ketilishiga biznesmen Boris Berezovskiyning ehtimoliy aloqadorligi haqidagi gaplarini izohladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Hamma ishni qochoq kishiga to‘nkab qo‘yish har doim oson bo‘lgan”, — dedi Politkovskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Listyev reklama translyatsiyasidan voz kechish qarorini qabul qilmagan.
Shuningdek, uning ta’kidlashicha, u Zaxarovning Listyevni o‘ldirishni Berezovskiy buyurtma qilganligi haqidagi versiyasiga ishonmaydi.
Zaxarov Listyevni reklama daromadlaridan quruq qolgan Berezovskiy o‘ldirtirganini aytgan edi.
Izoh (0)