Michigan davlat universiteti professori, adabiyotshunos olim Timur Kocao‘g‘lu va Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘rtasida shartnoma imzolandi. Endilikda taniqli olim ToshDO‘TAUda ma’lum muddat talabalarga jadid adabiyoti, adabiyotshunoslik singari fanlardan ma’ruzalar o‘qiydi. Bu haqda universitet mabuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Kelishuvga erishilgan kunning o‘zida professor Kocao‘g‘lu universitet tayanch doktorantlari uchun ma’ruza o‘qigan. Olimning so‘zlariga ko‘ra, mazkur universitetda talabalarga saboq berish maroqli ekan.
Uning fikricha, universitet o‘zbek tili va adabiyotini jahonga targ‘ib qilish bilan birga O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy aloqalari rivoji yo‘lida katta mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan.
Izoh (0)