• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston qurilish sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi

    O‘zbekistonda avgust oyining ikkinchi yakshanbasi qurilish sohasi xodimlari kuni sifatida nishonlanadi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakat qurilish sohasi xodimlariga tabrik yo‘lladi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

    Muhtaram do‘stlar! Hurmatli quruvchilar!

    Siz, azizlarni – mamlakatimizning qurilish sohasini ravnaq toptirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha yurtdoshlarimizni bugungi kasb bayramingiz – Qurilish sohasi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

    Mana shu qutlug‘ ayyomda sizlarga o‘z nomimdan, xalqimiz nomidan ezgu tilaklar va chuqur minnatdorlik bildiraman.

    Biz sizlarning timsolingizda o‘z mehnati bilan shahar va qishloqlarimizda, butun yurtimizda yangi ishlab chiqarish korxonalari, muhim ijtimoiy obyektlar, muhtasham uy-joylar, yo‘l va ko‘priklar barpo etib, hayotimizni yanada obod, go‘zal va tarovatli etish yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelayotgan olijanob kasb egalarini ko‘ramiz.

    Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi kunda, butun mamlakatimiz kabi, qurilish sohasi ham o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga ko‘tarilmoqda.

    Iqtisodiyotimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, ijtimoiy hayotimizdagi ulkan o‘zgarishlar, jumladan, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari doirasida belgilab olgan vazifalarimiz soha rivojini mutlaqo yangicha tarzda, zamonaviy ilm-fan va innovatsiya yutuqlari asosida tashkil etishni talab etmoqda.

    Bunyodkorlik yo‘nalishidagi ishlarimizning miqyosi va ko‘lamini birgina “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida mamlakatimizdagi 159 ta tumanda 416 ta qishloqni obodonlashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan bosh rejalar asosida qisqa muddatda 320 ta maktab, 231 ta maktabgacha ta’lim, 148 ta sog‘liqni saqlash muassasasi va 77 ta mahalla fuqarolar yig‘ini binolari, ko‘plab ko‘cha va maydonlar, jamoat maskanlarida katta qurilish ishlari olib borilayotganida ko‘rish mumkin.

    Bu borada davlat – xususiy sheriklik munosabatlari, qurilish tashkilotlari va aholi hamkorligi kabi yangicha faoliyat shakllari samarali qo‘llanayotganini alohida ta’kidlash lozim.

    “Obod mahalla” dasturi bo‘yicha 2018-yilda mamlakatimizning 148 ta mahallasida ta’mirlash, ichimlik suvi, elektr, tabiiy gaz tarmoqlari, ichki yo‘llar, ijtimoiy soha va bozor infratuzilmasi obyektlarida qurilish-ta’mirlash ishlari boshlanib, o‘zining dastlabki natijalarini berayotgani barchamizni albatta quvontiradi.

    Butun yurtimizni qamrab olgan ana shunday salmoqli ishlarda, shuningdek, bu yil namunaviy loyihalar asosida quriladigan 3,5 million kvadrat metrdan iborat 28 435 ta arzon uy-joylarni barpo etishda biz, avvalo, sizlarning professional malakangiz, bilim va tajribangiz, yuksak mahoratingizga tayanamiz.

    Xalqimizning hayot sifati va darajasini oshirishga bevosita xizmat qiladigan bunday ezgu ishlar haqida gapirganda, aholi punktlarini qurishda kompleks yondashuv asosida uy-joy, turli bino va inshootlar bilan birga hududlarda ijtimoiy infratuzilma obyektlari, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ta’lim, tibbiyot va madaniyat muassasalari, yangi istirohat bog‘lari va xiyobonlar, favvoralar, bolalar maydonchalari va sport maskanlari bunyod etilayotganini mamnuniyat bilan ta’kidlash lozim.

    2018-yilgi Investitsiya dasturi bo‘yicha 1 114 ta ijtimoiy soha obyektlarida keng ko‘lamli qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

    Bugungi kunda “sahrodagi mo‘jiza” deb e’tirof etilayotgan Qandim gazni qayta ishlash kompleksi, yurtimizdagi yangi-yangi erkin iqtisodiy zonalar, sanoat hududlaridagi yirik obyektlar qurilishi, turli kommunikatsiya tarmoqlari – bularning barchasi sizlarning mashaqqatli va sharafli mehnatingiz natijasi ekanini xalqimiz yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.

    Hozirgi vaqtda mamlakatimizda qurilish materiallari sanoati jadal rivojlanib borayotgani ham soha taraqqiyotida muhim rol o‘ynamoqda. Birgina uy-joy binokorligida foydalanilayotgan sifatli qurilish materiallarining 95 foizi mahalliy korxonalarda ishlab chiqarilayotgani buni yaqqol tasdiqlaydi. Eng muhimi, bunday o‘zgarishlar qad ko‘tarayotgan imoratlarning mustahkamligini va narxi nisbatan arzonligini ta’minlashga, yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilmoqda.

    Ayni paytda zamon, islohotlarimizning o‘zi barcha jabhalar qatori ushbu sohada ham yangi, yanada dolzarb vazifalarni oldimizga qo‘ymoqda.

    Xususan, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, qishloqlarni tuman markazlari bilan bog‘laydigan zamonaviy yo‘llar qurish, namunaviy loyihalar asosida yangi bog‘chalar, maktablar, oilaviy poliklinikalar barpo etish, bozor infratuzilmasi obyektlari va servis shoxobchalarini ko‘paytirish, aholi va pudrat tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlarini qurilish materiallari bilan markazlashgan holda ta’minlash tizimini yo‘lga qo‘yish, qurilish bozorini yangi innovatsion xizmatlar bilan to‘ldirib borish, soha uchun yuqori malakali qadrlar tayyorlash kabi masalalar biz uchun g‘oyat dolzarbdir.

    Ishonaman, qo‘li gul, azmu shijoatli O‘zbekiston quruvchilari bor bilim va tajribasi, kuch va imkoniyatlarini safarbar etib, bunday ulug‘vor vazifalarni albatta sharaf bilan ado etadilar.

    Aziz va muhtaram qurilish sohasi xodimlari!

    Sizlarni kasb bayramingiz bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

    Yurtimiz obodligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan xayrli ishlaringizda doimo yutuq va muvaffaqiyatlar yor bo‘lsin!

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

    10.08.2018, 21:01   Izoh (0)   18981
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston TIVda BMT bosh kotibi yordamchisi Rashid Xalikov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    10.08.2018, 20:55

    Erkin kurashchi Jamshid Kenjayev pichoqlangan Aurum 898 tungi klub yopib qo‘yildi

    10.08.2018, 20:07

    “Toshkentga hech qachon buncha pul berilmagan”. Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 1,5 trln so‘m poytaxt ixtiyorida qoldirilishini e’lon qildi

    10.08.2018, 17:41

     O‘zbekistonlik harbiylar “ArMI—2018” doirasida milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasida ishtirok etdi (foto+video)

    10.08.2018, 17:28

    O‘zbekiston OITSga qarshi kurashish markaziga yangi direktor tayinlandi

    10.08.2018, 16:51

    Shavkat Mirziyoyev Abdulla Qodiriyning muhtasham haykalini o‘rnatish zarurligini ta’kidladi

    10.08.2018, 16:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda sigir uy oldida o‘ynayotgan bolakay va uning onasini suzib, jarohat yetkazdi (video)

    O‘zbekiston | 23 iyul, 18:25

    Meva-sabzavot yetishtirishda imtiyozli moliyalashtirishni joriy etish taklif qilindi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 18:00

    Nima uchun kechasi bosh “yorilguday” og‘riydi? Shifokor izohi

    Layfstayl | 23 iyul, 18:20

    O‘zbekistonda naqd pulga bo‘lgan talab keskin ortdi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 18:15

    Suriya terrorizmga qarshi kurashda Turkiyadan yordam so‘radi

    Dunyo | 23 iyul, 18:10

    Bastian Shvaynshtayger va Ana Ivanovich to‘qqiz yillik turmushdan so‘ng ajrashdi

    Sport | 23 iyul, 17:55

    Turkiyalik aktrisa Sila Turko‘g‘lu dunyoning eng go‘zal ayoli deb topildi

    Kino | 23 iyul, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.