Sirdaryo viloyatidagi yo‘l-transport hodisalari eng ko‘p sodir bo‘ladigan ikki hududga onlayn rejimda ishlaydigan ikkita fotoradar kompleksi o‘rnatildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Xabar berishlaricha, fotoradarlar viloyatning Sirdaryo tumani hududidan o‘tuvchi xalqaro ahamiyatdagi M-34 yo‘lining 91-kilometriga va viloyatning Oqoltin tumanidan o‘tuvchi A-373 yo‘lining 3-kilometriga o‘rnatilgan.
Qayd etishlaricha, viloyat hokimligi bilan kelishilgan holda sotib olingan bu fotoradarlar yo‘lning qarama-qarshi to‘rtala yo‘nalishida harakatlanayotgan barcha avtomobillarni 1 kilometr masofadan birdaniga tezligini aniqlash imkoniga ega.
Izoh (0)