1-avgust kuni xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Pastdarg‘om tumaniga 2017-yil fevralidan rahbarlik qilib kelgan Sobirjon Ergashev o‘z arizasiga ko‘ra tuman hokimi vazifasidan ozod etilgan. Uning o‘rniga Bahodir Sa’dullayev PastDarg‘om tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Sa’dullayev bungacha 2017-yil avgustidan beri viloyatning Toyloq tumaniga hokimlik qilayotgan edi.
Avvalroq 1-avgust kuni Samarqand viloyatining Toyloq, Pastdarg‘om va Oqdaryo tumanlarida navbatdan tashqari sessiyalar bo‘lib o‘tishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)