Belgiyaning Vervye shahridagi futbol maydonida erkak kishi qo‘lbola portlovchi qurilma yordamida o‘zini portlatib yubordi. Bu haqda RTL xabar bermoqda, deb yozadi Meduza.
Huquq-tartibot organlari yuz bergan hodisa terakt emas, o‘z joniga qasd qilish ekanligini ma’lum qildi: portlash yuz bergan vaqtda erkakning yonida hech kim bo‘lmagan.
Halok bo‘lgan shaxsning nomi oshkor etilmagan. U 50 va 60 yosh oralig‘ida bo‘lib, ehtimol sobiq harbiy xizmatchi ekanligi xabar qilinmoqda.
Yon-atrofda joylashgan uylar aholisi evakuatsiya qilingan. Politsiya stadion hududiga yondosh hududlarni tekshirmoqda.
Izoh (0)