AQSh prezidenti demokratlar immigratsiya bilan bog‘liq tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlamasa hukumat ishi to‘xtatilishini istisno etmadi. Bu haqda Forum Daily xabar bermoqda.
“Demokratlar chegaralar xavfsizligi, jumladan, devor uchun ovoz bermasa hukumatni ‘yopish’ga tayyorman. Immigratsiya lotereyasi, ‘tutildi va qo‘yib yuborildi’ amaliyoti va shunga o‘xshash holatlardan qutulib, xizmatlarga asoslangan immmigratsiya tizimiga nihoyat o‘tish lozim. Mamlakatimizga ajoyib odamlar kelishi kerak!” — deya yozuv qoldirgan Tramp Twitter’dagi sahifasida.
U Kongressni “dunyodagi eng ahmoqona va eng yomon immigratsiya qonunlari”ni to‘g‘irlash, saylovchilarni esa noyabrdagi oraliq saylovlarda respublikachilar uchun ovoz berishga chaqirdi.
Izoh (0)