Hindistonning Maharashtra shtati Raygad okrugida talabalarni olib ketayotgan avtobusning jarga qulashi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Avtobus Mumbay—Goa yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan bo‘lgan. Avtobusdagi yo‘lovchilar Konkan Krishi Vidyapeeth universiteti talabalari bo‘lgan. Ular Mahabalishvarga dam olgani ketayotgan edi.
Hodisa joyiga politsiya va qutqaruvchilar yetib kelgan. Qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda, biroq hozircha avariya sabablari ma’lum emas.
Izoh (0)