Dastlab, Erkinjon Turdimov maktab-internatda tarbiyalanayotgan bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirgan. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Keyingi kunlarda mazkur muassasada sodir bo‘lgan holat maktab jamoasi, mutasaddilar va jamoatchilik ishtirokida muhokama etilib, kelgusida bunday ko‘ngilsiz voqealar ro‘y bermasligi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.
Shuningdek, viloyat rahbari Samarqand shahridagi 1—10-son mehribonlik uylari, keksa va nogironligi bo‘lgan insonlar istiqomat qilayotgan “Saxovat” internat-uyida ham bo‘lib, mazkur muassasalar faoliyati bilan tanishgan.
Hokimning bunday muammoli vaziyatlarni shaxsan o‘zi borib o‘rganishi va nazoratga olgani viloyat hokimligining yangicha ishlash tizimiga o‘tayotganidan darak beradi.
Izoh (0)