• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Izboskandagi qarovsiz yerlarning uvoli tutmaydimi?

    Andijon viloyati, Izboskan tumanidagi, Yangizamon massividagi qarovsiz yerlarni ko‘rib, foydalanilmay turgan yerlarning uvoli tutmaydimi, deb yuborgingiz keladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Mazkur hududdagi muqaddam 5 ming bosh chorva mollariga mo‘ljallangan binolar nega qarovsiz? Bu yerdagi chorva qayerda?

    “Manguberdi” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Nurullo” fermer xo‘jaligiga tegishli bu yerlar, aholining aytishicha, salkam 10 yillardan buyon qarovsiz ahvolda yotibdi. Tub aholi bir paytlar bu yerda mol boqqan, ba’zilari shu fermer xo‘jaligi yerlarida ishlagan. Shuning hisobiga ro‘zg‘orini tebratgan.

    Bugun fermer xo‘jaligi hisobidagi binolar buzilib, yaroqsiz holda foydalanilmay turibdi. Ferma ishlab turgan kezlarda ishchilar uchun yon-atrofda uy-joylar qurib berilgan. Ayni vaqtda fermer xo‘jaligi yerlari atrofida yashaydigan aholi soni 900 dan oshadi. Bir vaqtlar oilasini iqtisodiy ta’minlab yurgan aholining aksariyati ishsiz.

    Aslida mazkur ferma uchun mo‘ljallangan binolarga ega ushbu hudud aholining doimiy e’tiborida bo‘lib kelgan. Mutasaddi tashkilotlarga murojaatlar ham qilingan. Ammo natija quvonarli emas. Vayronaga aylangan o‘nga yaqin binoning buzib olingan materiallari yo‘q. Undan kim foydalangan, yoki nima maqsadda buzgani ma’lum emas. Tayyor inshootlar talon-taroj qilinishiga mutasaddi tashkilotlar panja ortidan qarab kelmoqda.

    Avvallari ariq-quvurlardan chorva ichishi uchun suv kelardi. Hozirda ular buzib tashlanib, quvurlar izsiz yo‘qolgan. Achinarlisi shundaki, yerga egalik qilayotganlarning e’tiborsizligi tufayli qarovsiz yerlar chiqindixonaga aylanmoqda. Bu aholi salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘diradi.

    Bundan tashqari, fermerning ferma binolari joylashgan yerlari aholiga uy qurish uchun sotilgan. Buni o‘sha yerda istiqomat qilayotgan aholi yillar davomida maosh ololmagani bois ish haqiga hisoblab olgan.

    Ferma binosi joylashgan joy, barcha qulayliklar, imkoniyatlarga ega hudud taxminan 10 gektardan ziyodni tashkil etadi. Hozirda salkam shuncha hudud qarovsiz, foydalanilmay yotibdi.

    Bu yerdan foydalanish istagida bo‘lgan fuqarolar ham bor. Ammo ularning talabi e’tiborsiz qoldirilmoqda.

    “Nurullo” fermer xo‘jaligining umumiy maydoni taxminan 300 gektardan ziyod. Fermerlikdagi mollari 120 gektarga mos bo‘lgani bois ushbu fermer xo‘jaligining yerlari maqbullashtirishga oid rejaga tushgan edi. Natijada tumanda ushbu hududdagi yerlarni qismlarga bo‘lib, sholichilik, g‘allachilik, paxta ekinlari va chorvachilikka ixtisoslashtirish boshlab yuborilgan. Tumanda yuqoridagi qaror asosida o‘tkazilgan tenderda o‘sha vaqtdagi 180 dan ziyod loyiha doirasida fermerlikka ixtisoslashgan biznes loyihasi bilan fuqaro Xojiakbar Kamolov ham ishtirok etgan.

    Bitta tender yo‘nalishining 5 loyihasida ko‘plab talabgorlar ishtirok etgan. X.Kamolov tenderda 16,5 gektar maydondan foydalanish uchun huquqni qo‘lga kiritgan edi. Tumandan tenderni tashkil etish jarayonida ishtirok etgan mutasaddilarning 2015-yil 2-dekabrdagi (822-K) qarori asosida viloyat hokimining o‘sha yili 20-dekabrda (313-K) mazkur tender xulosasini tasdiqlovchi qarori chiqqan. Shu yil dekabr oyida tuman hokimi bilan yerdan foydalanish huquqini beruvchi uzoq muddatli yer ijara shartnomasi tuzilgan. Barcha hujjatlar to‘liq rasmiylashtirilgan.

    X.Kamolov tenderda g‘olib bo‘lgach, oilasi farovonligini ta’minlash bilan birga, 20 nafar aholini doimiy ish bilan band qilishidan o‘zi ham xursand edi. Ammo natija u kutgandek bo‘lib chiqmadi. Ekin ekish davriga kelib, u foydalanishi kerak bo‘lgan yer ustida janjallar boshlandi. Yerga egalik qilgan sobiq “Nurullo” fermer xo‘jaligi rahbarlari noroziligini ochiqchasiga namoyish qilib, yosh fermerga tahdid qila boshladi. Natijada mutasaddilar tomonidan yer sobiq egasiga yana qaytarib berildi.

    Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Nega? Qaysi hujjat va qonunlar asosida u bunday huquqqa ega bo‘ldi?

    Shu yerda istiqomat qiluvchi aholining fikricha, fermer xo‘jaligiga qarashli yerlarning ko‘p qismi anchadan buyon qarovsiz va foydalanilmay turibdi. To‘g‘rirog‘i, bu yerlardan belgilangan maqsadda emas, balki turli maqsadlarda foydalanib kelingan. Yana savol tug‘iladi: yerdan olinayotgan daromad xalq farovonligi uchun davlat hisobiga tushayotganmikin?

    Yosh fermerda tuman hokimligi, tender o‘tkazgan mutaxassislar, qolaversa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ko‘p bor murojaat qilganini tasdiqlovchi hujjatlar bor. Ammo ishlayman, yurtim rivoji, iqtisodiy taraqqiyot uchun hissa qo‘shaman, degan tashabbuskor yigitning shashtini qaytarib, unga sun’iy to‘siqlar qo‘yilgan.

    Shundan so‘ng X.Kamolov tumandagi muammo va kamchiliklarni o‘rganishga kelgan viloyat hokimiga o‘z muammosini so‘zlab bergan. Uni diqqat bilan tinglagan hokim tuman huquqni muhofaza qiluvchi organ (prokuror) mutaxassisiga bu ish ijobiy hal etilishi yuzasidan ko‘rsatma bergach ham oradan salkam bir yil o‘tsada, bu masala hamon yechimini kutib yotibdi. Natijada yosh fermer — aholiga ish o‘rni yarataman, deb jon kuydirib yurgan tashabbuskor fuqaro ishsiz qolmoqda.

    Inson qadri ulug‘lanadigan, uning manfaatlari himoya etiladigan yurtda nega uning haq-huquqlari poymol etildi? Unga o‘z yeridan foydalanishi uchun imkoniyat berilmadi? Qo‘lida yerga egalik qilishga oid hujjatlari bo‘lsa-da, u sobiq yer egasi tomonidan ushbu yerlardan majburan chiqarib yuborilganini qanday izohlash mumkin?

    U qaysiki tashkilotga murojaat qilsa, hujjatlar o‘rganilmay turib, “xo‘jako‘rsin“ga ko‘rilgan ish doirasida uning huquqlari yana poymol etilavergan. Agar bu ish doirasida hujjatlar o‘rganiladigan bo‘lsa, ko‘plab o‘z lavozimini suiiste’mol qilgan mutaxassislar tomonidan tayyorlangan qarorlar soxtaligi ayon bo‘ladi.

    26.07.2018, 23:40   Izoh (0)   19926
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiya, Xitoy va Qozog‘iston O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlariga aynlandi

    26.07.2018, 23:18

    Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi faoliyati tanqid qilindi

    26.07.2018, 22:55

    Toshkent davlat sharqshunoslik institutida ham maxsus sirtqi bo‘lim ochildi

    26.07.2018, 22:07

    Toshkentda yangicha ko‘rinishdagi o‘rindiq va urnalar paydo bo‘ladi

    26.07.2018, 21:11

    O‘zbekistonlik qiz “MDH go‘zali — 2018” tanlovida ishtirok etmoqda

    26.07.2018, 19:45

    Qashqadaryo viloyatida MIB xodimiga pora berayotgan fuqaro qo‘lga olindi

    26.07.2018, 18:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shimoliy Koreyada ilk bor turistik kurort ochiladi

    Dunyo | 27 iyun, 15:25

    Hatto zo‘ravonlik sahnalari bo‘lsa ham videoo‘yinlar stressni kamaytiradi — tadqiqot

    Layfstayl | 27 iyun, 15:05

    Rim papasi xalqaro huquqni “sharmandali” deb atadi

    Dunyo | 27 iyun, 14:55

    “Barselona” futbolchisini sotuvga qo‘ydi

    Sport | 27 iyun, 14:53

    “Kalmar o‘yini”ning yakuniy qismi premyera qilindi: 1 va 2-mavsumda nimalar bo‘lgandi?

    Kino | 27 iyun, 14:39

    Toshkentda tirbandliklar prognoz qilinadigan markaz ishga tushirildi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 14:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.