Isroilning markaziy okrugidagi Rishon-le-Sion shahrida 100 gektardan ortiq maydonda innovatsion tuman qurish ishlari boshlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Xabar berilishicha, turli yo‘nalishdagi minglab innovatsion kompaniyalar bir tom ostida birlashadi. Birinchi g‘ishtni Isroildagi eng yirik bank qo‘ygan va shu tariqa bu yerda asosiy ofisining qurilishini boshlagan.
Yangi innovatsion tumanga joylashish istagini bir qator IT kompaniyalar va startap firmalar bildirgan.
Loyiha muallifi bo‘lgan Rishon-le-Sion shahri ma’muriyati faqat mahalliy kompaniyalar bilan cheklanmaslikka qaror qilgan. Loyihada ishtirok etish uchun o‘nlab birodar shaharlarga takliflar jo‘natilgan.
Izoh (0)