24-iyul kuni Germaniyaning Gannover aeroportida jazirama tufayli ish to‘xtab qoldi, deb yozadi “Liga.Novosti”.
Havo harorati 40 darajagacha ko‘tarildi, natijada uchish-qo‘nish yo‘lagi yorilib, bo‘rtib qoldi. Samolyotlar uchib keta olmadi, uchib kelayotgan reyslarning barchasi esa Myunxen va Gamburgga yuborildi.
Natijada 3,5 mingga yaqin yo‘lovchi zarar ko‘rdi. 41 ta uchib ketuvchi va 44 ta uchib keluvchi reys bekor qilindi.
Ma’muriyat aeroportni kechasi bilan yopib qo‘ydi, bu vaqt ichida uchish-qo‘nish yo‘lagini qayta tiklash ishlari olib borildi.
Izoh (0)