AQSh rahbarligidagi IShID terrorchilik guruhiga qarshi kurashish bo‘yicha koalitsiya Stokgolmda 2017-yildagi teraktni uyushtirishga aloqador bir nechta jangarilarni yo‘q qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
“Koalitsiya kuchlari 12-iyun kuni Shvetsiyada hujumlarni tayyorlagan terrorchilik yacheykasiga aloqador IShID razvedkasi xodimi Simakka zarba berdi. 24-iyun kuni Shvetsiyadagi hujumlarni tashkil qilish bilan bog‘liq yana ikki kishi — Abu Avf va Abu Kuddama o‘ldirildi. Bundan tashqari, 26-iyun kuni Shvetsiyada hujumni tashkillashtirgan yacheyka a’zosi Sharif al-Ragab o‘ldirildi”, — deyiladi xabarda.
2017-yilning 7-aprel kuni Oqilov olib qochilgan yuk mashinasida Stokgolm markazida joylashgan Drottninggatan ko‘chasidagi piyodalar yo‘lagi orqali 550 metr masofani bosib o‘tgan va 5 kishining umriga zomin bo‘lgan.
Joriy yilning 7-iyun sanasida Shvetsiya sudi uni terrorchilikda, besh kishini o‘ldirishda va 119 epizodda qotillik sodir etish borasida aybdor deb topildi va umrbod qamoq jazosiga hukm etdi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)