Mohirxo‘ja Valiyev “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Bunga qadar “US ATI” mas’uliyati cheklangan jamiyat bosh direktori lavozimida ishlagan.
Mohirxo‘ja Valiyev 1983-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan (2005).
2014—2017-yillarda “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati raisining moliyaviy-iqtisodiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan. 2017-yilda “AZIA ABM TRANS” mas’uliyati cheklangan jamiyat direktori lavozimida ishlagan.
Izoh (0)