Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi Hayitobod mahallasi hududidan o‘tuvchi M-41 avtomobil yo‘lining 1572-kilometrida harakat xavfsizligi bilan bog‘liq xunuk hodisa sodir bo‘ldi, deb yozadi O‘zA.
“VAZ-2106” rusumli davlat belgisi 75 E 482 AA avtomashinasi Qumqo‘rg‘on – Jarqo‘rg‘on yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib, qarama-qarshi tomondan kelayotgan Matiz rusumli davlat belgisi 75 S 094 JA avtomashinasi harakat yo‘nalishiga chiqib ketdi va to‘qnashdi. Oqibatda Matiz haydovchisi va bir nafar yo‘lovchi hamda “VAZ-2106” rusumli avtomashinada bo‘lgan uch nafar yo‘lovchi olgan jarohatlari sababli tuman tibbiyot birlashmasida vafot etdi. Bir yo‘lovchi va “VAZ-2106” rusumli avtomashina haydovchisi tan jrohati bilan shifoxonaga yotqizildi.
Mazkur voqea yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi, 3-qismi “a” bandi (“transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish, odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)