Ilon Maskning Tesla kompaniyasi tomonidan hali ma’lum qilinmagan smartfonning suratlari paydo bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Suratda qurilmaning old va orqa panellari aks etgan. Suratga ko‘ra, gadjet romsiz displeyga, uning yuqorisida esa kesimga ega bo‘ladi. Orqa tomonda esa ikkita kamera va Tesla’ning logotipi joylashadi.
Smartfonning na tavsifi, na taxminiy qiymati hozircha ma’lum qilingan. Taqdimot sanasi yaqin vaqt ichida e’lon qilinishi kutilmoqda.
Izoh (0)