Apple smartfonlarining yangi lineykasida kamida ikkita model — 6,5 dyuymli ekranga ega qimmatbaho flagman va 6,1 dyuymli arzon model bo‘lishi ma’lum. Taniqli tahlilchi va insayder Min-Chi Kuo shartli iPhone X Plus oq, qora va tillarang, kichik model esa kulrang, oq, ko‘k, qizil va olovrang tuslarda paydo bo‘lishini ma’lum qildi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.
Uning qo‘shimcha qilishicha, OLED-displeyli katta model taxminan ming dollar narxda sotuvga chiqadi, oddiy suyuq kristalli ekranga ega kichik model esa 700 dollar turadi.
Izoh (0)