Gretsiya poytaxti Afina shahridan sharqda 23-iyul kuni kuchli o‘rmon yong‘ini yuzaga keldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Alanga o‘chog‘i tog‘ qoyalaridagi yetib borish qiyin bo‘lgan asosiy o‘rmonda, Kineta kurort shahri yaqinida joylashgan. Kurort shahar Afinadan 50 kilometr sharqda joylashgan.
Xabar berilishicha, yong‘inni o‘chirish uchun o‘nlab o‘t o‘chirish mashinalari, uchta samolyot va ikkita vertolyot jalb qilingan. Kuchli shamol olovni nazorat ostiga olishga xalaqit bermoqda. Bundan tashqari, yong‘in natijasida poytaxtni qalin tutun qoplagan.
O‘t o‘chirish xizmatlarining ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda aholi punktlari xavfdan holi. Gretsiyada yoz faslida o‘rmon yong‘inlari tez-tez yuz beradi. 2017-yilda mamlakatning bir qator hududlarida yong‘inlar sababli favqulodda holat joriy qilingan.
Izoh (0)