22-iyul, yakshanba kuni Kobul xalqaro aeroporti yaqinida yuz bergan terakt oqibatida kamida o‘n kishi jabrlandi, deb yozadi “Interfaks” Afg‘oniston ichki ishlar vaziri Najib Donishga tayanib.
“Tasdiqlaymizki, xudkush o‘zini portlatishi natijasida o‘n kishi halok bo‘ldi yoki yaralandi”, — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlar orasida tinch aholi vakillari va yosh bola ham bor.
Terakt avtomobillar karvoni o‘tayotgan yo‘lda sodir bo‘ldi, avtomobillardan birida Afg‘onistonga qaytib kelgan mamlakat vitse-prezidenti Abdulrashid Do‘stim bo‘lgan.
Do‘stim Afg‘onistonga Anqaradan charter reysi bilan kelgan. U Turkiyada 2017-yil mayidan buyon surgunlikda yashagan.
Izoh (0)