Pichoq bilan qurollangan ikki o‘zbekistonlik Bishkekdan kelgan ayollar turadigan Moskvadagi uch xonali kvartiraga bostirib kirdi. Bu haqda “112” Telegram–kanaliga tayanib, “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
Kvartirada bu paytda ayollardan biri voyaga yetmagan ikki bola bilan bo‘lgan. U kvartiradan qochib chiqib, politsiyaga qo‘ng‘iroq qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Hodisa joyiga kelgan SOBR maxsus bo‘linmasi jangchilari bosqinchilarni qo‘lga oldi va bolalarni ozod qildi. Jabrlanganlar bo‘lmadi. O‘zekiston fuqarolarini bunga undagan sabablar o‘rganilmoqda.
Izoh (0)