Amerikaning Massachusets shtatidagi Boston shahrida 26 yoshli Ellen Fleming ismli qiz xatolik tufayli bir million dollar sohibiga aylandi va o‘n daqiqadan so‘ng undan ayrildi, deb yozadi Boston Globe.
18-iyul kuni qizga o‘z hisobvarag‘i bo‘lgan TD Ameritrade kompaniyasi xodimi qo‘ng‘iroq qilib, hisobiga pul tushgani haqida xabar qilgan. Qiz mobil dasturini yoqib, hisobini tekshirib ko‘rgan va unda bir million dollardan ziyod pul borligini ko‘rib hayratda qolgan.
Ellen dastlab onasiga qo‘ng‘iroq qilib, voqea bilan bo‘lishgan, so‘ng TD Ameritrade bilan bog‘lanib, xatolik haqida ma’lum qilgan. Unga pul kompaniyaning xuddi shunday ism-sharifli boshqa mijozi uchun mo‘ljallanganini tushuntirishgan.
O‘n daqiqadan so‘ng xatolik tuzatildi va qizning hisobida atigi 63 dollar qoldi.
Izoh (0)