Qozog‘istonning Ostona shahriga “MDH go‘zali — 2018” xalqaro go‘zallik tanlovining 19 nafar ishtirokchisi yetib keldi, deb yozadi “Zakon.kz”. Tanlov maqsadi — ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasida turizmni va madaniy aloqalarni rivojlantirish.
Finalgacha qizlar qozoq xalqi an’ana va urf-odatlari bilan tanishiga ulguradi, shuningdek, Ostonadagi mashhur yodgorliklarga tashrif buyuradi, yubiley tantanalarida va xayriya aksiyalarida qatnashadi.
Ishtirokchilar “Nurli yurak” bolalar psixonevrologiya dispanseriga, shuningdek, Burabay kurort zonasiga bordi. Ular “Ostona-Arena” stadionida o‘rtoqlik uchrashuvini ham o‘tkazadi.
“MDH go‘zali” tanlovi finali 27-iyul kuni “Kazmedia Ortaligi” kinokonsert zalida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)