Afg‘onistonda Qobul xalqaro aeroporti yaqinida yuz bergan teraktda 23 kishi halok bo‘lgan, 107 kishi jarohat olgan. Bu haqda Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vazirligi vakilining ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Portlash aeroportga Afg‘oniston vitse-prezidenti Abdulrashid Do‘stum kelganida amalga oshirildi.Do‘stum Afg‘onistonga Turkiyadan charter reysida uchib kelgan. U 2017-yilining mayidan e’tiboran Turkiyada quvg‘inda bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, dastlab terakt oqibatida 9 kishining halok bo‘lgani xabar qilingan. Terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)