Eronda 5,8 magnitudali zilzila yuz berdi, u bir kecha-kunduz ichidagi to‘rtinchisi bo‘ldi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Eron seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 10 km chuqurlikda joylashgan.
Yer silkinishidan jabrlanganlar va yetgan moddiy zarar haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.
So‘nggi bir kecha-kunduzda Eronda uchta zilzila qayd etildi. Ularning eng kuchlisi Karmanshoh viloyatida kuzatildi va 5,9 magnitudani tashkil qildi. Tabiiy ofat natijasida 287 kishi jabrlandi, 101 ta bino to‘liq vayron bo‘ldi, yana 850 tasi zarar ko‘rdi.
Izoh (0)