Prezident Hasan Ruhoniy joriy yil avgust oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Eron OAVlari ma’lum qildi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.
Ruhoniy Eronning yirik iqtisodiy delegatsiyasini boshqaradi. U Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev va boshqa yuqori martabali shaxslar bilan muzokaralar o‘tkazishi, savdo-iqtisodiy aloqalar rivoji va kun tartibidagi boshqa masalalarni muhokama etishi kutilmoqda.
Jumladan, tomonlar ikki davlat o‘rtasida viza tartibini soddalashtirish va banklar hamkorligi darajasini oshirishni muhokama etishni mo‘ljallagan.
Shuningdek, yangi reyslar ochilishi hisobiga O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi aviaqatnovlar ko‘lamini kengaytirish masalasi ham ko‘rib chiqiladi.
Izoh (0)