• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda o‘qituvchining maoshi o‘rtacha oylik ish haqining 80 foiziga ham yetmaydi

    Parlament quyi palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan “Umumiy o‘rta ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, o‘qituvchining obro‘sini oshirish — davr talabi” mavzuidagi kengaytirilgan yig‘ilishda maktablardagi ahvolni yaxshilash uchun nima qilish kerak, degan asosli savolga javob izlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Davlat rahbari tomonidan qayd etilganidek, keyingi yillarda o‘quvchilar darsliklar bilan, kompyuter sinflari esa jihoz va kompyuter jamlanmalari bilan to‘liq ta’minlanmagani, ta’lim muassasalarining internet tarmog‘iga yetarli darajada ulanmagani, aksariyat maktablarda o‘quvchilar soni sig‘imiga nisbatan ikki barobarga ko‘pligi, ayrim fanlardan o‘qituvchilar yetishmasligi yoki maktablarda o‘qituvchilar qo‘nimsizligining yuqoriligi kabi omillar umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim sifatining keskin pasayib ketishiga olib keldi.

    Shuningdek, o‘quvchilarning sog‘lom ovqatlanishi sifatli tashkil etilmagani, maktablarda hamshiralar faoliyati qoniqarli yo‘lga qo‘yilmagani hamda o‘quvchilarning chuqur bilim olishi, ota-onalar tomonidan farzandlarining ta’lim-tarbiya egallashi uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratib berish bilan bog‘liq majburiyatlarini bajarmasligi ham bunga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. Ma’lumotlarga qaraganda, respublikadagi umumta’lim maktablarining 60 foizi ta’mirtalab ahvolda. Maktablarda internetdan foydalanish atigi 7 foizni tashkil qiladi.

    Ayniqsa, xalq ta’limi xodimlari oylik maoshining pastligi, ular o‘z vazifasidan boshqa ishlarga ham jalb qilinib kelingani natijasida o‘qituvchilarning reyting ko‘rsatkichlari ham yildan-yilga pasayib bordi. Yig‘ilish ishtirokchilarining fikricha, ayrim rivojlangan davlatlarda o‘qituvchining maoshi mamlakatdagi o‘rtacha oylik ish haqidan 1,5 barobar ko‘p bo‘lgan holda, O‘zbekistonda o‘qituvchining maoshi o‘rtacha oylik maoshining 79 foizini tashkil etishi ta’lim sifatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatishi tabiiy.

    Shuningdek, umumiy o‘rta ta’limni sifat jihatdan yuqori bosqichga ko‘tarishda davlat ta’lim standartlari hamda o‘quv rejalar va o‘quv dasturlarini takomillashtirish, darsliklar mazmunini, sifatini tanqidiy jihatdan qayta ko‘rib chiqish lozim. Ayniqsa, umumiy o‘rta ta’lim maktablarini kuchli boshqaruv malakasiga ega bo‘lgan rahbarlar bilan ta’minlash, o‘quv-tarbiyaviy jarayonlarni to‘g‘ri tashkil etish, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashga alohida e’tibor qaratilishi, 2019-yil Davlat budjeti parametrlarini ko‘rib chiqishda xalq ta’limi tizimiga ajratiladigan mablag‘lar miqdorini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

    Yig‘ilishda ushbu masala yuzasidan parlament nuqtai nazaridan yondashib, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladigan qonun hujjatlarini ishlab chiqish, mavjudlarini bugungi talablar asosida takomillashtirish xususida so‘z yuritildi. Bunda parlament va jamoatchilik nazoratini olib borish asnosida pedagoglarning shaxsiy mas’uliyatini kuchaytirish, ota-onalarning farzandlari ta’lim-tarbiyasiga nisbatan majburiyatini, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining rolini oshirish kabi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

    Tadbir yakunida jamiyatda o‘qituvchilar mavqeini, obro‘si hamda ularning maqomini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

    20.07.2018, 11:30   Izoh (0)   22208
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Erkinjon Turdimov: “Biz ochiqlik siyosatini olib boramiz. Hech kimdan hech nimani yashirmaymiz”

    20.07.2018, 11:20

    Toshkentlik militsioner chernogoriyalik sayyohning hayotini saqlab qoldi

    20.07.2018, 11:10

    Toshkent shahrida noqonuniy kesilgan 2 tup chinor uchun 46 mln so‘m jarima belgilandi

    20.07.2018, 10:40

    Shavkat Mirziyoyev Kolumbiya Mustaqilligi kuni munosabati bilan Xuan Manuel Santosga tabrik yo‘lladi

    20.07.2018, 10:25

    2018-yilda O‘zbekistonda 139 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi

    20.07.2018, 10:12

    O‘zbekistonda nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan undiriladigan boj stavkalari ko‘tarildi

    20.07.2018, 10:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qirg‘izistonda SIM kartalarni uchinchi shaxsga berish va sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilindi

    Dunyo | 21 iyul, 22:56

    O‘zbekistonda “oltmishvoy” va “yetmishvoy”lar tug‘ilishi sezilarli kamaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 22:35

    Yetakchi davlatlar Isroilni G‘azoga yordam yetkazishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishga chaqirdi

    Dunyo | 21 iyul, 22:00

    Makronning reytingi rekord darajada pastladi

    Dunyo | 21 iyul, 21:41

    Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash byurosi rahbarlaridan biri qo‘lga olindi

    Dunyo | 21 iyul, 21:25

    Tadqiqot: O‘zbekistonda 97% aholi raqamli ko‘nikmalarni muvaffaqiyat kaliti deb hisoblaydi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 19:00

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    Dunyo | 21 iyul, 21:06

    Janubiy Koreya generali Shimoliy Koreya bilan ataylab urush yuzaga keltirishga urinishda ayblanmoqda

    Dunyo | 21 iyul, 20:50

    Bangladeshda o‘quv samolyoti qulab tushishi oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi (foto, video)

    Dunyo | 21 iyul, 20:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.