Kuba yangi konstitutsiyasida “xususiy mulk” va “prezident” tushunchalari paydo bo‘ladi, hukumatni boshqarish muddati esa o‘n yil bilan cheklanadi. Bu haqda yangi qonun loyihasi chop etilgan Granma gazetasi xabar berdi.
Asosiy qonunda davlatning sotsialistik xarakteri va Kommunistik partiyaning boshqaruv roli haqidagi nizom saqlanib qoladi, biroq xususiy mulk va erkin bozor tan olinadi.
Kubada davlat rahbari va hukumat rahbari lavozimlarini ajratish yuz beradi: prezidentlik lavozimidan tashqari bosh vazir lavozimi ham paydo bo‘ladi. Hozirda oliy davlat lavozimida bo‘lish hech qanday cheklanmagan. Yangi konstitutsiyaga ilk bor gender belgi bo‘yicha diskriminatsiyani taqiqlash haqidagi band kiritiladi.
21-iyuldan 23-iyulga qadar Kuba Xalq hukumati milliy assambleyasi konstitutsiya loyihasi bo‘yicha ovoz berish uchun to‘planadi. Parlament tomonidan ma’qullangandan so‘ng konstitutsiyaga o‘zgartirishlar referendumga qo‘yiladi.
Izoh (0)