AQSh armiyasi Iroq va Kuvaytda yangi harbiy bazalar tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Iroqdagi yangi bazani mamlakatning Anbar viloyatida bunyod etish rejalashtirilgan — bu Iroq poytaxti Bag‘dod va Suriya poytaxti Damashq o‘rtasidagi yo‘lni nazorat qilish imkonini beradi.
Agar ochiladigan bo‘lsa, u holda bu AQShning Iroqdagi uchinchi harbiy bazasi bo‘ladi. Hozircha AQSh harbiylari Ayn al-Asad va Habboniya aviabazalarida qo‘nim topgan.
Kuvaytda esa Pentagon Yaqin Sharq mintaqasidagi eng yirik uchish-qo‘nish nuqtasiga aylanuvchi aviabaza tashkil etmoqchi — bu AQSh harbiy-havo kuchlarining Kuvaytdagi ilk bazasi bo‘ladi.
Izoh (0)