Yer aholisi 2017-yil bilan solishtirganda 83 million kishiga ko‘paydi va 7,635 milliard kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda Germaniyaning “Yer aholisi” jamg‘armasi ma’lum qildi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.
Jamg‘arma ma’lumotlariga kora, har 10 soniyada dunyoda 26 nafar bola tug‘ilmoqda. Aholis o‘sishi Afrika mamlakatlarida alohida sezilgan. 2050-yilga borib qit‘a aholisi soni 1,3 milliarddan 2,5 milliardga oshadi.
O‘sishning sabablaridan biri ayollarda o‘zi xohlamagan homiladorlikning yuzaga kelishi sanaladi. Jamg‘arma rahbari Renata Berning so‘zlariga ko‘ra, Sahrodan janubdagi mamlakatlar ayollarining o‘zi xohlaganidan ko‘ra ko‘proq bolalari bor. Bunga savodlilik darajasining pastligi va kontraseptik vositalarning yetishmasligi sabab bo‘lmoqda.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyodagi eng yirik shahar Yaponiya poytaxti Tokio bo‘lib, u yerda 37 million kishi yashaydi. Hindiston poytaxti Nyu-Dehlida 29 million, Xitoyning Shanxay shahrida esa 26 million kishi istiqomat qiladi.
Izoh (0)