Saudiya Arabistoni adliya vazirligi 12 nafar ayolga notariuslik faoliyatini ko‘rsatishga ruxsat beruvchi litsenziyani taqdim etdi, deb xabar beradi Meduza.
Qayd etilishicha, bu holat mamlakat tarixida ilk marta kuzatildi.
So‘nggi paytlarda Saudiya Arabistoni hukumati ayollarga qaysidir faoliyat bilan shug‘ullanish uchun qachonlardir qo‘yilgan taqiqlarni olib tashlamoqda.
Yanvar oyida mamlakat hukumati ayollarga futbolga borishga ruxsat berdi. Iyun oyida esa ayollarning mashina boshqarishiga qo‘yilgan taqiq bekor qilindi.
Izoh (0)