Rossiyada qonunchilikka kiritilgan yangi o‘zgarishlarga muvofiq, chet ellik fuqarolarni ish joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yish taqiqlandi, deb xabar beradi Sputnik.
Yangi qonunga ko‘ra, endilikda migrantlarni kvartira, mehmonxona, kasalxona va hatto qamoqxonaga ro‘yxatga qo‘yish mumkin, lekin ofisga u faqat o‘sha yerda yashasagina, mumkin bo‘ladi.
Ushbu normaga amalga qilmagan chet el fuqarolari mamlakatdan chiqarib yuboriladi.
Ekspertlar fikriga ko‘ra, ushbu yangi tuzatishlar malakali mutaxassislarni ro‘yxatdan o‘tkazadigan kompaniyalar uchun muammolarni keltirib chiqaradi: ish beruvchilar 800 ming rublgacha jarima to‘lashga majbur bo‘ladi.
Rossiyada chet el fuqarolarini migratsion hisobga olish to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar 8-iyuldan kuchga kirmoqda.
Izoh (0)