Qirg‘izistonning Issiqko‘l tumanida Mi-8 vertolyoti halokatga uchradi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra hodisa oqibatida jabrlanganlar bor. Qirg‘iziston Qurolli kuchlari Bosh shtabi axborotiga ko‘ra, halokatga uchragan vertolyot respublika harbiy havo kuchlariga qarashli bo‘lgan.
“Qo‘nish paytida yon tomondan esgan kuchli shamol sababli vertolyot chap bort tarafga og‘ib ketgan”,— deyiladi hujjatlarda.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 4 kishi jabrlangan va ular evakuatsiya qilingan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, vertolyot Xon Tangri tog‘ cho‘qqisidagi alpinistlarni qutqarish operatsiyasida ishtirok qilgan.
Izoh (0)