Yevropaning eng keksa ayoli Italiyaning Florensiya shahriga yaqin joylashgan qishloqda vafot etdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Qayd etilishicha, Juzeppina Projetto 116 yoshda edi. 37 kundan so‘ng u 117 yoshni qarshi olishi kerak edi.
U shuningdek, yaponiyalik 117 yoshli Chixo Miyakodan keyin dunyodagi eng keksa ayol, deb e’tirof etilgan edi.
Ayol 1960-yildan beri Florensiya yaqinidagi qishloqda yashayotgan edi.
Izoh (0)