Tojikistonda tanasidan 10 ta igna topilgan 9 oylik go‘dakning onasi o‘zi shu ishga qo‘l urgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Rudakiy tumanining Sarikishti qishlog‘ida yashovchi 26 yashar ayol shu tariqa 30 yoshli erini Rossiyadan qaytarmoqchi bo‘lgani bildirilmoqda.
Sud-tibbiy ekspertiza chaqaloq sog‘ligiga og‘ir zarar yetgani haqidagi xulosaga keldi.
Jinoiy ish ochildi. Tergov olib borilmoqda.
Izoh (0)