“Immunologiya va inson genomikasi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion ishlarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq, Respublika immunologiya ilmiy markazi Immunologiya va inson genomikasi instituti etib qayta tashkil etildi va Fanlar akademiyasi tasarrufiga o‘tkazildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida institutning yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan filiallari tashkil etildi.
Institutning asosiy vazifalari etib, shu jumladan, biotibbiyotning umumjahon yutuqlari bilan o‘zaro bog‘liq kompleks tadqiqotlarni amalga oshirish hamda sohaga yuqori malakali kadrlar tayyorlash belgilandi.
Institut huzurida pulli asosda Fanlar akademiyasi, Sog‘likni saqlash vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining immunologiya va inson genomikasi sohasida mutaxassislar malakasini oshiradigan va ularni qayta tayyorlaydigan ixtisoslashgan markaz tashkil etiladi.
Izoh (0)