O‘zbekiston fuqarosi Tojikistondagi Varzob daryosida mashinasi bilan cho‘kib ketdi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Chevrolet mashinasida bo‘lgan haydovchi tog‘ yo‘lida boshqaruvni uddalay olmay, daryoga qulagan.
Avtomobil daryodan topildi, jasadni qidirish ishlari davom etmoqda.
Tojikiston IIV mashina haydovchisining shaxsini aniqladi — u Samarqand shahrida yashagan 27 yoshli Hamdamqul Azimov bo‘lib chiqdi.
Izoh (0)