Buxoroda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilayotgan “Tun” tadbirlari davomida o‘zining fermer xo‘jaligi dala shiyponida qo‘shmachilik bilan shug‘ullanib yurgan shaxs aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar bermoqda.
G‘ijduvon tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Tun” tadbiri davomida Guliston MFY Gadoytopmas qishlog‘ida yashovchi 1964-yilda tug‘ilgan, nafaqadagi B.X. Havzak MFY hududida joylashgan “Hazorbog‘” fermer xo‘jaligi dala shiyponida 80 000 so‘m pul evaziga tumanda yashovchi 5 nafar shaxslarning o‘zaro jinsiy yaqinlikda bo‘lishi uchun sharoit yaratib berib, qo‘shmachilik jinoyatini sodir qilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan B.X. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi (fohishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish) 4-qismi “b” bandi bilan qo‘shimcha ayb e’lon qilingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)