• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Ravshan Komilov: “Estrada olamiga mumtoz uslub bilan kirib kelganman”

    Kasbidan kamol topib, shuhrat cho‘qqisiga ko‘tarilgan kishilarning hayot va ijod yo‘li bilan yaqindan tanishish, ichki dunyosiga “kirish” ko‘pchilikka qiziq. Samimiy va taniqli hofiz, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ravshan Komilovning xonishlari kirib bormagan xonadon, “Odam bo‘laylik”, “Ozodani sevaman”, “Yurishlaring yoqadi”, “Qarab qo‘y”, “Oq bilakoyim, toshkentlik” singari kuy-qo‘shiqlariga xirom aylamagan, uni sel bo‘lib tinglamagan yurtdoshimiz yo‘q hisobi. Shu bois xonanda bilan eksklyuziv suhbat uyushtirib, zamonaviy estrada san’ati ixlosmandlari e’tiboriga havola etishni maqsad qildik.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Maktabda o‘quvchilik kezlaringiz, aniqrog‘i 10 yoshingizdayoq qashqar rubobida turli kuylarni maromiga yetkazib ijro etgan ekansiz. Demak, zamonaviy estrada olamiga ishtiyoqingiz mumtoz cholg‘u asboblariga oshuftalikdan boshlangan, desak xato bo‘lmaydi. Suhbatimiz avvalini musiqa san’ati ostonasiga qo‘ygan ilk odimlaringiz xususida boshlasak.

    — Uchinchi sinfda o‘qigan kezlarim poytaxtimizdagi 39-maktabda o‘tkazilgan tadbirda mustaqil ashulalar aytib, yig‘ilganlar olqishiga ilk bor sazovor bo‘lganim xuddi kechagidek yodimda. So‘ng ota-onam meni san’atga shaydoligim, qiziqishimga ko‘ra, Sergeli tumanidagi 32-musiqa maktabining qashqar rubobi, keyinroq fortepiano bo‘limiga o‘qishga olib borishgan.

    Shu tariqa maktabni tamomlab, Toshkent madaniyat texnikumida ta’lim oldim. Ushbu bilim yurtida o‘qib yurgan vaqtlarim bir voqea xotiramda muhrlangan. Toshkentda muhtasham “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi qurilar ekan deyishganda, biz ham yordamga kelganmiz. Saroy zinalari uchun marmar tashir ekanmiz, biz ham mana shu saroyda konsert berarmikanmiz, deb orzu qilgandik. Yaratganga behisob shukr, 1991-yili bunyod bo‘lishiga ulush qo‘shganim ana shu katta sahnada ilk bor ijodimni namoyish etdim.

    18 yoshimda “To‘qimachilar” madaniyat saroyidagi ashula va raqs dastasiga ishga kirib, yakkaxon xonanda sifatida ish boshlaganman.

    Bundan tashqari, armiya saflarida yigitlik burchimni o‘tash chog‘ida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ikrom Bo‘ronov rahbarligidagi ichki ishlar ansamblida xizmat qildim. Musiqiy qobiliyat va mahoratimni xizmat davrida yanada shakllantirdim. Xizmatni ado etgach, hozirgi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining musiqa fakultetida malakali mutaxassis darajasiga yetdim. Ichki ishlar vazirligi qoshidagi ansamblda, qolaversa, paxta yig‘im-terimlari turli to‘y-hasham, tantanali tadbirlarda rubob chalib, ashula aytardim. “Kamolot” ko‘rik-tanlovida ilk marotaba “Odam bo‘laylik” nomli qo‘shig‘im bilan g‘olib bo‘lganim xuddi kechagidek yodimda. Taqdirni qarangki, muhabbat rishtasi umr yo‘llarimni oliygohdagi kursdoshim bilan bog‘lagan, rafiqam ham kasbimdan yiroq emas, musiqa fani o‘qituvchisi.

    — Bugun zamonaviy estrada qo‘shiqlarining aksariyatida matn mazmuni bir chetda qolib, musiqasi, ayniqsa, klipini mukammallashtirish masalasi birlamchi o‘ringa chiqmoqda. Tarona yaratishda qaysi mezonlarga alohida e’tibor qaratasiz?

    — Multimedia imkoniyatlari har qancha taraqqiy etmasin, so‘z ma’nosi ta’sir kuchi muxlislar qalbida, yodida uzoq vaqt saqlanib qolishi shubhasiz. Shu bois qo‘shiq uchun she’riy namunalar tanlashda o‘zimga o‘ta jiddiy talablar qo‘yaman. Ularning birinchisi xalqonalikdir. Xalqqa yaqin so‘zlar ko‘ngildan chuqur o‘rin oladi. “Odam bo‘laylik” ana shu izlanishlar hosilasi desam, mubolag‘a bo‘lmaydi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yili san’at va madaniyat sohasi namoyandalari bilan o‘tkazgan yig‘ilishida yuqori salohiyat va eng nufuzli davlat mukofotlariga ega xonandalarning “Ustoz-shogird maktabi”ni qayta tiklash masalasini ko‘targan edi. Xo‘sh, siz bu borada qanday ishlar olib boryapsiz?

    — Yurtboshimiz hamma sohalar qatori xonandalar oldiga ham xalqning “ichi”ga kirib borish, o‘z san’ati va iste’dodi orqali eng quyi pog‘onalarga tushib, yoshlarga ko‘mak berish, maktab yaratish masalasini qo‘ydi. Ana shu maqsadlar yo‘lida Yakkasaroy tumanidagi 5-bolalar musiqa va san’at maktabiga direktor etib tayinlandim. Ayni paytda ushbu maskanda o‘quvchilar iste’dodini sayqal toptirish uchun malakali kadrlar jalb etish, ayrim yo‘qolib borayotgan to‘garaklar faoliyatini qayta tiklash hamda yangilarini tashkil etish, milliy musiqa cholg‘u asboblari, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va qator tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatdik. Chunki yoshlar puxta o‘qib-o‘rgansagina ustozlari yo‘lini munosib davom ettira oladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Ravshan Komilov oilada qanday ota?

    — Oilamizda tartib-intizom eng birinchi qoida. Bunday taomil menga ota-onamdan o‘tgan bo‘lsa, ajab emas. Chunki ular ko‘p yillar o‘z sohasida rahbarlik lavozimlarida mehnat qilib, o‘zgalarga o‘rnak ko‘rsatgan. Ertalab nonushta vaqti, ishga qaysi rang va uslubdagi libosda borishigacha aniq belgilangan, dam olish kunlari ham behuda o‘tmasdi.

    To‘rt farzandimga ham imkon qadar hallolik, boriga qanoat qilish, shukrona keltirishni o‘rgatganman. Qizlarim Nozima va Durdona baxtli oila bekasi, o‘g‘lim Farruh mening yo‘limni davom ettib, xonanda bo‘ldi. Kenjatoyimiz Farhod 20 yoshda. Ko‘plab gastrollar, erta-yu kech musiqa yaratish, ovoz yozish bilan band san’atkor uchun oilaga alohida e’tibor qaratish, uning mustahkamligini ta’minlash oson emas, albatta.

    — Agar san’atkor bo‘lmaganingizda, qaysi kasbni tanlagan bo‘lardingiz?

    — Maktabda jismoniy tarbiya, tasviriy san’at, musiqa, ayniqsa mehnat fanini yaxshi ko‘rar va muntazam a’lo baho olar edim. Turli bino va inshootlar loyihalari, fasadi, dizayni chizib yurganim uchun quruvchi bo‘lar edim. Lekin fizika fanini o‘zlashtirish men uchun juda qiyin kechgan. Shu fandan birorta ham qonuniyat esimda qolmagan (kuladi).

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Muxlislaringiz uchun qanday yangi tarona hozirlayapsiz?

    — Ayni paytda Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligiga bag‘ishlab milliy g‘urur-iftixorga yo‘g‘rilgan qo‘shiq ustida ishlayapmiz. Yaqinda uni xalqimiz e’tiboriga taqdim etamiz. Doim fidoyi, mehnatkash xalqimiz xizmatidamiz. Tinchligimiz, farovonligimizga aslo ko‘z tegmasin!

    Blits-savollar

    To‘liq ism-sharifi: Komilov Ravshan Rahimovich.

    Tug‘ilgan vaqti: 1964-yil 26-oktabr.

    Tug‘ilgan joyi: Toshkent shahri.

    Burji: chayon.

    Vazni: 90 kg.

    Do‘sti: oilasi.

    Xobbisi: stol tennisi.

    Qadrlaydigan xislati: samimiylik.

    Yoqtirmaydigan xislati: g‘ayirlik.

    Shiori: “O‘rtacha bo‘lsa ham, uzoq davom etsin”.

    Zuhra Yunusova va Dilshod Ro‘ziqulov suhbatlashdi.

    09.07.2018, 17:35   Izoh (0)   31582
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Xonanda Manzuraning otasi Muborak Yo‘ldoshev vafot etdi

    09.07.2018, 09:50

    “O‘zbekkonsert”: Taniqli xonandalar to‘ydagi xizmati uchun katta narx qo‘yishini biz nazorat qila olmaymiz (video)

    08.07.2018, 11:17

    O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi

    30.06.2018, 19:27

    O‘zbekiston xalq artisti Husan Sharipov 80 yoshida vafot etdi

    26.06.2018, 11:00

    O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozarbayjonda muzokara va uchrashuvlar o‘tkazdi

    20.06.2018, 21:19

    Londondagi Britaniya muzeyida ochiladigan yangi zalga “Al-Buxoriy” nomi beriladi

    12.06.2018, 07:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45

    “Al-Hilol” Antuan Grizmanni sotib olishga yaqin turibdi

    Sport | 2 avgust, 15:35

    Putin Trampning ultimatumiga javob qaytarib, “Oreshnik” raketalari tizimli ravishda ishlab chiqarilayotganini aytdi

    Dunyo | 2 avgust, 15:25

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 15:06

    Yevropa shaharlari markazlarida ijara narxi qancha va so‘nggi 5 yil ichida qanchalik o‘zgargan?

    Sayohat | 2 avgust, 14:55

    Esports World Cup Chess. Magnus Karlsen mukofot jamg‘armasi 1,5 mln dollar bo‘lgan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 2 avgust, 14:40

    O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 14:30

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05

    Ukraina Rossiyaning Samara va Ryazan viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berdi

    Dunyo | 2 avgust, 13:54
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.