Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“O‘zbekiston davlat filarmoniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Foto: Adliya vazirligi

Foto: Adliya vazirligi

Qarorga ko‘ra, Madaniyat vazirligi huzurida O‘zbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalari tashkil etildi.

Davlat filarmoniyasi O‘zbekiston badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi, O‘zbekiston milliy simfonik, kamerli va xalq cholg‘u asboblari orkestrlari jamoalari birlashmasi hamda “Turkiston” san’at saroyining barcha huquq, majburiyat va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

Davlat filarmoniyasining asosiy vazifasi etib milliy, mumtoz va zamonaviy musiqa hamda raqs san’atini ilg‘or yutuqlar asosida rivojlantirish etib belgilandi.

Qarorga muvofiq, Davlat filarmoniyasi va uning hududiy bo‘linmalari konsert-tomosha faoliyatini tegishli litsenziyani olmasdan, konsert-tomosha tadbirlarini esa bir martalik ruxsatnoma olmasdan amalga oshirishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Erdo‘g‘on rasman Turkiya prezidenti etib qayta saylandi
Mahalliy
O‘zbekistonda 29-may kuni 39 darajagacha issiq bo‘ladi
Shou-biznes
“Xitoydan o‘ligim qaytadi deb qo‘rqqanman”. Uch xil ovozda gapira oladigan xalqaro sirk ustasi, vayner Sherzod Mamadaliyev bilan suhbat (video)