“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi B.Sharipov tarkibida 200 dan ortiq ipak-tekstil korxonasi bo‘lgan Italiya ipak assotsiatsiyasi prezidenti Stefano Vitali bilan kelishuv bitimi imzoladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Kelishuv bitimiga ko‘ra, Mintaqalararo ipakchilik assotsiatsiyasi tashkil etiladi. Uning shtab-kvartirasi Toshkent shahrida joylashadi.
Shuningdek, tarkibida Italiyaning 550dan ortiq moda brendini birlashtirgan Sistema Moda Italia uyushmasi vitse-prezidenti Andrea Taborelli bilan o‘zbek ipak mahsulotlarini Yevropa mamlakatlariga eksport qilish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Unga ko‘ra, Sistema Moda Italia uyushmasi o‘zbek ipak mahsulotlarini Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga eksport qilishga, Yevropa bozoriga kirish huquqini beruvchi standartlarni “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi korxonalariga joriy etishda ko‘maklashadi.
Izoh (0)