Janubiy Daniya universiteti kutubxonasida kuchli zahar bilan qoplangan kitoblar topildi, deb yozadi Sky News.
Olimlar muqovalashda O‘rta asrlarga tegishli noma’lum qo‘lyozmalardan foydalanilgan, XVI—XVII asrlarga oid uchta kitobga qiziqib qoldi. O‘rganish jarayonida mutaxassislar qalin yashil bo‘yoq qatlami tufayli, lotin tilidagi matnlarni o‘qish qiyinlashayotganini payqadi.
Tadqiqot uning bo‘yoq emas, o‘limga olib keluvchi xavfli zahar ekanligini ko‘rsatdi. “Biz yashil yuzaga rentgent nurini qaratganimizda, aqlbovar qilmas darajada ko‘p miqdordagi margimush (mishyak)ni ko‘rdik”, — dedi universitet dotsenti Kaare Lund Rasmussen.
Ayni paytda kitoblar shamollatiladigan javonga qo‘yilgan. Olimlar zahar bilan aloqada bo‘lmasligi uchun, ular skanerlab olinadi.
Farazlardan biriga ko‘ra, kitoblarni hasharot va kemiruvchilardan himoya qilish uchun, ularning muqovasiga margimush surilgan.
Izoh (0)