Armanistonning sobiq prezidenti Serj Sargsyanning ukasi Levon Sargsyanga nisbatan qidiruv e’lon qilindi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Qidiruv, shuningdek Sargsyanning jiyaniga nisbatan ham e’lon qilingan. U Levon bilan birgalikda deklaratsiyadan yashiringan molk-mulkka egalik qilishda ayblanmoqda.
Qayd etilishicha, maxsus tergov xizmatining tergovchisi suddan Levon Sargsyanga qamoq ehtiyot chorasi qo‘llashni talab qilgan. Sud Sargsyanni hibsga olish haqida qaror chiqargan.
Ani Sargsyanga esa mamlakatdan tashqariga chiqish man etilgan.
Izoh (0)