Atlantika okeanida “Kris” tropik po‘rtanasi shakllandi. Bu haqda to‘fonlarni kuzatish bo‘yicha AQSH milliy markazi bayonot berdi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Meteorologlarga ko‘ra, hozir “Kris” Shimoliy Karolinaning Xatteras burnidan 245 kilometr uzoqlikda. Shamolning maksimal tezligi soatiga 65 kilometrni tashkil etadi. Ammo to‘fon kuchayishi mumkin.
Oldinroq Atlantikada shakllangan boshqa “Beril” po‘rtanasi tropik to‘fon darajasiga ko‘tarila olmasligi aniqlangan edi.
Izoh (0)