AQShning Viskonsin universiteti olimlari guruhining ma’lum qilishicha, sil kasallligining dunyoda bunchalik keng tarqalishida qadimgi rimliklar aybdor. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ularning aniqlashicha, kasallik Qadimgi Rimning tiklanish vaqtida yuqumli kasalliklar uchun ommaviy joylar va jamoat hammomlaridan foydalanganlik sababli sayyora bo‘ylab keng tarqalgan va ko‘chib o‘ta boshlagan.
Mutaxassislarning qayd etishicha, Rim hukmronligi davri tuberkluz tarqalishi jarayonida asosiy o‘rin tutgan.
Bu kasallikning asosiy tashuvchilari imperiyaning chegarasini Osiya va Afrika hududlarigacha kengaytirgan askarlar va savdogarlar bo‘lgan. Ular mahalliy aholi bilan muloqot chog‘ida mikroblarni almashgan.
Izoh (0)