Diabetga qarshi qo‘llaniladigan mashhur metformin preparati diabet bilan og‘riganlarni nafaqat insulin yetishmasligi rivojlanishining oqibatlaridan himoyalaydi, balki hujayralarni radiatsiya ta’siridan ham muhofaza qiladi. Buni Rossiya fanlar akademiyasining Nazariy va eksperimental biofizika instituti olimlari aniqladi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
Diabet bilan og‘riganlarga qondagi qand miqdorini kamaytirishga yordam beruvchi mashhur vosita metformin so‘nggi yillarda tibbiyot va biologiyaning boshqa sohalari olimlarining diqqatini torta boshladi. Sichqonlarda o‘tkazilgan tajribalar ko‘rsatishicha, mazkur preparat sog‘lom hayvonlarning umrini uzaytirishi mumkin, ularni saraton rivojlanishidan himoya qiladi va bolalar o‘sishini tezlashtiradi.
Rossiyalik olimlar metforminning yana bir foydali xususiyatini ochgan. Bunda mazkur preparatning o‘lik hujayralar qismlarining ajralib chiqish tezligiga va ular DNKlarining organizmdan chiqish tezligiga ta’sirini kuzatgan.
Aniqlanishicha, metformin bu jarayonni tezlashtiradi va organizmga stress va hujayralarning ommaviy o‘lish jarayonini yaxshiroq o‘tkazishga yordam beradi. Metformin saratonni davolashda yorug‘lik terapiyasi samaradorligini oshiradi. Bu esa dori vositasining antiradiatsion xususiyatga ega ekanliigi haqida xulosani keltirib chiqargan.
Kalamush va sichqonlarda rentgen nurlarining o‘ldirish darajasi bilan o‘tkazilgan tajribalarning ko‘rsatishicha, metforminni qabul qilish haqiqatdan ham radiatsion nurlanishdan himoya qilishga yordam beradi.
Izoh (0)