Toshkent shahrida barpo etiladigan Hi-Tech City yuqori texnologiyali innovatsion markazi Delta City deb qayta nomlandi. Bu O‘zbekiston Prezidentining 4-iyulda imzolangan qarorida ko‘zda tutilgan, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.
Markaz poytaxtning Iftixor, Amir Temur, Kichik halqa yo‘li va Sandiqqo‘rg‘on ko‘chalari bilan chegaradosh, shuningdek, “O‘zbekekspomarkaz”, Xalqaro biznes-markaz va “Interservis birlashmasi”ga qarashli yer uchastkalarini ham qamrab oluvchi hududlarda qurilishi rejalashtirilgan.
Innovatsion markaz quriladigan joy 4 ta variant ichidan tanlab olindi. Janubiy Koreyaning POSCO Daewoo kompaniya bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyiha 1,4 milliard dollar baholanmoqda.
Izoh (0)